Talabalar bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. 2024-yilning 27-iyun kuni Mogilev shahrida Belorussiya Davlat Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetida qo'shma ta'lim dasturlarini bitiruvchi talabalarga tantanali diplom berish tadbiri o'tkazildi. Ushbu Bitiruv malakaviy ish himoyalari va diplom berish tadbirlarida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernaev Аnvar Normamatovich hamda Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Razakova Laylo Sayfievna ham ishtirok etishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi a'zolari hamkor universitet rahbarlari bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Buxoro muxandislik texnologiya instituti talabalariga qo'shma ta'lim diplomlarini tantanali ravishda topshirishdi.