2024-yilning 28-iyun kunida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan SYoT kafedra mudiri prof. A.SH.Xusenov hamda Andong Milliy Universiteti prof. Ji-Heum LEYE, prof. Hyoung Woo Choi ham qatnashishdi.
Tadbirda Koreya Respublikasi Andong Milliy universitetining 40 ta talabalari, shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya institutining 10 ta talabalar, TDShU va O‘zbekiston Milliy universitetlaridan 30 ta talabalar, jami professor-o‘qituvchilar bilan birga 100 nafar vakil ishtirok etdi.
Loyihani 1 bosqichi – O‘zbekiston bajarilishi lozim bo‘lgan rejalarni yakuni bo‘yicha har bir institutlardan biriktirilgan professor o‘qituvchilar tomonidan umumiy ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari guruhlarga bo‘lingan o‘zbek va kares talabalari 1-hafta davomida bajargan ishlarini taqdimotlar qilib hisobotlar topshirishdi. Eng yaxshi natijaga erishgan guruh talabalarini 2 bosqichga o‘tganligini ham TKTI 10 ta talabalari Koreya Respublikasini Andong Milliy universitetida 2024 yil 30-iyundan 6-iyulga qadar davom ettirishini e’lon qilindi.