Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Rossiya Federatsiyasining Tomsk Politexnika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.


Joriy yilning 22-23-yanvar kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Rossiya Federatsiyasining Tomsk Politexnika universiteti delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxonova Zebo Abdullayevna, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Tomsk Politexnika universiteti kimyo fanlari doktori M.E.Trusova, Kimyoviy va biotibbiyot texnologiyalari tadqiqot maktabi professori P.S.Postnikov, Neft va gaz ishi bo‘limi dotsenti K. K. Manabayev va Ye.Yu.Valitova ishtirok etdishdi.



Tomsk Politexnika universiteti bilan o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, kimyoviy texnologiya va mexanik muhandislik yo'nalishlarida qo'shma o'quv kurslarini tashkil qilish bo'yicha kelishuvlarga erishildi, uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.