Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida amaliy konfirensiyasi o‘tkaziladi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarining bandiligini taminlash maqsadida “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasi vakillari bilan amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

 Dastavval konferensiya doirasida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich hamda “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda institutimiz rektori zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarining bandiligini taminlash masalalari muhokama qildilar. Shundan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya institutining katta ma’ruzalar zalida “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasi vakillari talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  

2023-yil 15-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining katta ma’ruzalar zalida “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasi vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ammaliy konferensiyada "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasidan HR va Admin direktori Yusupova Nozima, Moiyaviy va tijorat ishlari bo‘yicha direktor Adilov Jasur, korxonasidan Mikro biologiya va laboratoriya bosh deriktori Vepan Sharma, Xodimlarni ishga olish bo‘yicha mutaxasisi Muxsinov Umidjon, IT mutaxasisi Iymonov Shoxjahon, “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasidan bo‘lim boshlig‘i Jo‘rayev Xushnudbek, Ximik texnolog Toxirov Yodgor, Toshkent kimyo-texnologiya institudidan Korxona va ta’lim muossasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasritdinovich, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi xodimlari Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani Baltabayev Ulug‘bek Norbayevich, Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Razakova Laylo Sayfiyevna, Biotexnologiya kafedra mudiri Normatov Anvar Mirzayevich, Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi kafedrasi mudiri, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti, Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti, Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchligi fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Konferensiyani Korxona va ta’lim muossasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shernayev Anvar Normamatovich ochib berdilar “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyasi vakillari o‘zlarining korxonalari haqida talabalarimizga qisqacha mazmunda video-roliklar orqali ma’lumot berdilar va talabalarimizni qiziqtirgan savollariga to‘liq mazmunda javoblar kelgusidagi hayot yo'lida kerakli bo‘ladigan motivatsiyalarni berishdi. 

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalarining bandiligini taminlash maqsadida uyushtiilgan konferensiyamizda “NIL GRANIT” MCHJ Samo brendi tekstil korxonasi va "ZUMA farma" MCHJ farmasevtika kompaniyalari bilan kelgusida memorandumlarni imzolash kelishib oldilar va korxonalarga, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani Baltabayev Ulug‘bek Norbayevich, Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Razakova Laylo Sayfiyevnaga institutimiz tomonidan sertifikat, tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.