Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Volontyorlar guruhi" abituriyentlar va ota-onalar bilan faol ishladi.

Ota-onalar hamda abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" tashkil etildi. 

Mazkur guruh 1-avgustdan boshlab “Oʻzekspomarkaz”da joylashgan test o'tkazish binosi oldida belgilab berilgan vazifalarni bajarishdi. 

Shuningdek, ota-onalar va abituriyentlarning vakillari bilan suhbatlar olib borib, sotsiologik so'rovnomalar o’tkazilmoqda, hamda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimi to'g'risida ma'lumotlar berib borildi va Toshkent kimyo-texnologiya institut rahbariyati tashabbusi bilan osh tayyorlanib ota-onalarga tarqatildi.

Bu yerga tashrif buyurgan abituriyentlar ota-onalariga ham ularni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurganlarga imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi