Stajirovka 2023 yilning 8-21 may sanalarida Italiyaning Milan Politexnika universiteti yetakchi professorlari tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Stajirovkada Toshkent kimyo texnologiya institutidan 11 nafar doktorantlar, yosh olimlar va xodimlar ishtirok etishmoqda.
2023 yil 8 may kuni stajirovkaning ochilishi munosabati bilan O‘zkimyosanoat AJ raisi o‘rinbosari A.Korjikov, kadrlar bo‘limi boshlig‘i V.Aripov hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayevlar qatnashdilar va tinglovchilarga stajirovkaning tashkil etish va maqsadi to‘g‘risida maʼlumot berdilar.