Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti xorijiy, mahalliy ishlab chiqarish korxonalari hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda...

Joriy yilning 24-26 - aprel kunlari Uzekspomarkazda bo‘lib o‘tayotgan BIG INDUSTRIAL WEEK CENTRAL ASIA - Innoprom Syentralnaya Aziya xalqaro ishlab chiqarish ko‘rgazmasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev hamda Ilmiy innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.R.Mardonovlar ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishdi. 



Ishlab chiqarish ko‘rgazmasida ishtirok mobaynida bir qator xorijiy ishlab chiqarish korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetining Ilmiy kommunikasiyalar va marketing bo‘limi bilan hamkorlikda ilmiy – texnik ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi va bayonnoma imzolandi.