Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limning Yangiyer filialida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan t

2023-yilning 9-fevral kuni Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i A.N.Shernayev boshchiligida bo‘lim professor-o‘qituvchilari hamda Yangiyer filiali 1-kurs 3+2 Menejment ta’lim yo‘nalishining 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari ishtirokida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalaridan biri Artel kompaniyalar guruhi Innovasion o‘quv markazi bilan tanishish va mahorat darslari amalga oshirildi. 



Innovasion o‘quv markazi boshlig‘i O‘.O‘.Ablakulov, boshliq o‘rinbosarlari B.G.Ganiyev, G.Usmonov hamda X.Mamaraximovlar TKTI vakillarini kutib olishdi. 



Ekskursiya davomida talablar innovasion o‘quv markazida tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalar hamda yangi amalga oshiriladigan ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdilar. Bundan tashqari Belorussiyalik mutaxassis prof. A.V.Ivanov va dosent N.V.Ivanovalar tomonidan 3D loyihalash va texnologik mashina va jihozlarni hisoblash usullari yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari o‘tib berildi.

 


Ekskursiya va mahorat darslari talabalarda chuqur ta’surot qoldirdi hamda talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga markaz mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar innovasion o‘quv markazida esdalik uchun rasmga tushishdi.



2023 yilning 10-11 fevral kunlari Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i A.N.Shernayev boshchiligida bo‘lim professor-o‘qituvchilari hamda Yangiyer filiali 1-kurs 3+2 Menejment ta’lim yo‘nalishining 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalariga Belorussiyaning Yanka Kupala nomidagi Grodno Davlat universiteti Iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani professor Marina Yevgenevna Karpiyskaya tomonidan mahorat darslarini amalga oshirildi. Mahorat darslari jami 12 soat “Vvedeniye v spesialnosti” fani bo‘yicha tashkil etildi.



Belorussiyalik mutaxassis tomonidan mahorat darslari davomida hamkor universitetning ta’lim yo‘nalishlari, kafedra va fakultetlari hamda talabalar hayoti to‘g‘risida video materiallar va taqdimotlar taqdim etildi. 

Mahorat darslari juda ham qiziqarli va ta’surotlarga boy holda ochiq savol – javoblar ko‘rinishida talabalar uchun juda ham foydali ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi. Talabalarga Belorussiyaning Grodno shahrida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan qishki va yozgi maktablar bo‘yicha ham barcha ma’lumotlar taqdim etildi. Mahorat darslari yakunida taklif etilgan professor M.Ye.Karpiyskayaga TKTIning esdalik sovg‘alari berildi va sertifikat bilan taqdirlandi.