Joriy yilning 30-31- may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida O'zbekistondagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo'lgan , Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida joylashgan “Uzbekiston GTL” Kompaniyasi tomonidan, Institutning 2023-2024 o‘quv yilida o‘qishini tamomlayotgan bitiruvchilarini korxonaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga qabul qilish bo‘yicha tanlov imtihonlarini bo‘lib o‘tdi.
Bu tadbirda Uzbekistan GTL tomonida maxsus guruh xodimlari tashrif buyurishdi. Intitutning Marketing, amalioyot va professional ta’lim yo‘nalishi xodimlari va Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti xodimlari ishtirok etdilar. Bu tadbirni o‘tkazishda ko‘zlangan maqsad bitiruvchi talaba yoshlarimizni ish bilan ta’minlash hisoblanadi. Shu munosabati bilan kompaniya tomonidan tashrif buyurgan xodimlar talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi.
Ishga joylashtirish maqsadida “Uzbekistan’’ GTL kompaniyasi institutining Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha), Neftgazkimyo sanoati texnologiyasi, Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni va boshqarish, Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi, Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bitiruvchi talabalarimizdan yozma hamda og‘zaki shakilda imtihonlar bo‘lib o‘tdi.