Bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologiya institutida umumiy sig‘imi 840 nafar talabalarga mo‘ljallangan 1 ta talabalar turar joylari mavjud.
Institutning bosh binosi hamda Talabalar turar joyida volontyor va tyutorlardan iborat 2 ta Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish markazi tashkil etilib, 854 nafar talabalarga yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 29-avgust holatiga ko‘ra 865 nafar talabalar TTJlarga joylashish bo‘yicha billing.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirishdi. Shundan, 515 nafar talabalarga shartnomalar shakllantirildi.
TTJlarga joylashmagan talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda 265 ta ijara xonadonlarida 1100 dan ortiq turar joylar aniqlandi.