Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, san’at va me’morchilik sohasida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun birinchi darajali davlat mukofoti sovrindori, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori Alisher Aliqulovning ijodidan ko'rgazma hamda ijodkor tomonidan professor-o'qituvchilar va talabalarga master klass tashkil etildi.