Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Bitiruvchilar forumi 2023" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

#Bitiruvchilar_forumi

 Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti faollar zalida "Bitiruvchilar forumi 2023" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda institumiz rektori B.Sh.Usmonov boshchiligidagi institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o'qituvchilari, bitiruvchi talaba yoshlar hamda institutimizni avvalgi yillarda tamomlagan yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kadrlar, yirik korxona rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

 Tadbirni institutimiz rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berib, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi taʼkidladi. Bu kabi forumlar ta'lim va sohalarni birlashtirishda katta ahamiyatga egaligini, dual ta'limning dolzarbligi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta'minlashda forumning roli haqida gapirdi. Qayd etish joizki ushbu forum ilk marotaba o'tkazilmoqda. 

Bitiruvchilar forumiga tashrif buyurgan yirik korxona rahbarlari va tadbirkorlar so'zga chiqib o'zlari boshqarayotgan korxonalardagi shar-sharoitlar hamda talablar haqida gapirdi.

Jumladan forumga “Uz-Kor Gaz Chemical”, “UzAutoCepla” MCHJ, “Uzkimyosanoatloyixa” AJ, “Texnopark” MChJ, “Asl Oyna” MChJ, "BESHEFAR GROUP" MChJ MO‘TABAR UN zavodi, Walter Engineering, “Uzbekistan GTL” MChJ, “Davlat belgisi” DUK, "CHILON LUBRICANTS" MChJ, "Mehnat" agrofirma, "Bunyod Gold" MChJ, "Aziya immunopreparat" MChJ, “EXACT” MCHJ, Merit Chemicals, TOP OIL” MChJ rahbariyati va xodimlari tashrif buyurib, institut bitiruvchilariga o'zlari rahbarlik qilayotgan va faoliyat yuritayotgan korxona haqida taqdimot qildilar.

"Shuni alohida ta'kidlash joizki o'z sohasining yetuk mutaxassisi barchaga kerak, u hech qayerda xor bo'lmagan" — deydi “EXACT” MCHJ rahbari.

Forum davomida institutimiz fakultet dekanlari so'zga chiqib avvalgi yillarda institutimizni tamomlab yirik korxonalarda yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan fakultet bitiruvchilari haqida so'zladilar. Shuningdek hozirgi bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan talabalarga ta'lim olish bilan bir qatorda mehnat faoliyatini ham yo'lga qo'yish kerakligini ta'kidladilar.

 Forum so'ngida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov so'zga chiqib talabalarga yuqori choʻqqilarni zabt etish uchun hozirdan tayyorgarlik koʻrib borish kerakligi, hayotda tadbirkor boʻlish va har bir harakatning natijasini oldindan koʻra bila olish kerak ekanligi yuzasidan turli tavsiya va maslahatlar berib oʻtdilar.

 Forum qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan hamda tadbirkorlardan yetarlicha javob oldilar. Forum so'ngida faol ishtiroki uchun korxona rahbarlari hamda tadbirkorlar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.