Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo texnologiya institutida, "Butunjahon tabiiy yashash muhitini himoya qilish kuni" ga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Bugun, Toshkent kimyo texnologiya institutida, O'zbekiston ekologik harakati hamkorligida 6-oktyabr- "Butunjahon tabiiy yashash muhitini himoya qilish kuni" ga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda, O'zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi birinchi o'rinbosari S.S.Sanginov, Markaziy kengash ijroiya qo'mitasi devoni bosh mutaxassisi A.A. Grigoryans, Toshkent kimyo-texnologiya instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor X.L.Pulatov, "Sanoat ekologiyasi" kafedrasi jamoasi hamda iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda O'zbekiston ekologik harakati o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shu kungacha O'zbekiston Ekologik harakati tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

https://backend.tkti.uz/uploads/5-1696665174764.JPG