2024-yilning 17-18-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida fizika-matematika fanlari doktori, professor, Safarov Ismoil Ibrohimovich tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan “Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda institut rahbariyati, O’zbekiston fanlar akademiyasi akademiklari, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Konferensiyani institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi va professor, I.Safarovni 70 yillik yubileylari bilan muborakbod etdi. Ushbu konferensiyada Mexanika, matematika va fizikaning fundamental muammolari; Tabiiy fanlarni o‘qitishda dasturlash taminotidan foydalanish; Tabiiy fanlarni o‘qitishda xorij tajribalaridan foydalanish; Tabiiy fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedogogik texnologiyalardan foydalanish muammolari; Texnologik jarayonlarni o‘rganishda matematik modellashtirishdan foydalanish muammolari, istiqbolli yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlaming hozirgi holatini ko'rib chiqildi.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor Safarov Ismoil Ibrohimovich tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “Mexanika va matematikaning amaliy muammolari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan esdalik foto lavhalar.