Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "GEO SHOW" bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar kengashi tashabbusi bilan 13-16 — noyabr kunlari “Davronlarning zoʻrisan” nomli talabalar forumi bo’lib o’tmoqda. Joriy yilning 15-noyabr sanasida Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetining faollar zalida "GEO SHOW" festivali bo'lib o'tdi. 

Unda institutimiz O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Keyingi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va bag'rikenglikni ta'minlash, do'stlik muhitini va ko'p millatli katta yagona oila tuyg'usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga yo'naltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ana shunday ishlarni talaba-yoshlarga atroflicga yetkazish maqsadida chet ellik mehmonlar taklif qilingan va ushbu shouda talabalar 8 ta davlatning milliy-urf odat va qadriyatlarini, ularning yuksak ma’naviy me’rosi tarixiy kelib chiqishini turli ijodiy sahna koʻrinishlar, musiqiy chiqishlar bilan namoyish etadilar.  

Korea delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari.

Turkiya delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari.

AQSH delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar ham o'zlarining yakkaxon sahna ko'rinishlari bilan ham ishtirok etdilar

Hindiston delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari.

Tadbir davomida iqtidorli talabalar ham o'zlarining yakkaxon sahna ko'rinishlari bilan ham ishtirok etdilar

Rossiya delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari. 

Ispaniya delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari. 

Gruziya delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari. 

O'zbekiston delegatsiyasining "GEO SHOW" festivalidagi chiqishlari. 

Tadbir soʻngida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham chiqib Oʻzbekiston ham shu yer sharining bir qismi ekanligi va boshqa davlatlardan kam emasligi shuningdek Mustahkam tarix, yetuk salohiyatli yoshlarimiz borligi va hozirda “Yangi Oʻzbekistonni oʻz qoʻlimiz bilan birga quramiz” shiori ostida shoudagi boshqa davlatlar delegatsiyalarni bir sahna atrofida birlashtirdilar 

Delegatsiyalarning barcha chiqishlarini hakamlar baholab bordi. Bugun soat 18:00da "Davronlarning zo'risan" nomli forum yopilish marosimida natijalar e'lon qilinib, g'olib jamoalar tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Tadbir so'ngida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ravshan G‘oziyev hamda Talabalar kengashi raisi Ma'murjon Jumanazarov so'zga chiqib barcha ishtirokchilarga tashakkur bildirdi.