2025-yil 3-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Yig’ilish avvalida institutimiz rektoriga "Ko'p yillik samarali mehnati hamda o'z xizmat vasifasiga bo'lgan sadoqati uchun" Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipovning Tashakkurnomasi hamda Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i B.A.Radjabovning tabriknomasi tantanali ravishda topshirildi.
Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar bo'yicha ma'ruzachilar o'z hisobotlarini o'qib eshittirdilar.
Jumladan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov Talabalarni ijara xonadonlari hamda talabalar turar joyi bilan ta’minlash holatlari bo'yicha ma'ruzasi bilan, Xalqaro aloqalar va transformatsiya bo‘yicha prorektor Z.A.Babaxanova Institut ish faoliyati bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyaga hujjatlarni tayyorlash: muammo va yechimlar mavzusidagi ma'ruzasi bilan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Akademik lisey direktori Z.Xolmirzayev TKTI akademik liseyida 2024-2025-o‘quv yili yakunlari va 2025-2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati haqida: muammo va yechimlar mavzusidagi ma'ruzasi bilan, Doktorantura va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i A.Kamolov Xorijiy oliygohlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik doktorantura dasturlarini joriy etish va istiqboldagi rejalar mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shungidek yig’ilish davomida turli masalalar muhokama qilindi.