Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi a'zolari tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Tadbrida Bosh qomusimizning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni, uning naqadar salmoqli, muhim siyosiy va tarixiy hujjat ekani haqida tushunchalar berildi. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib Konstitutsiyamizdagi yoshlarga oid moddalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetidan tashrif buyurgan kafedra dotsenti hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasidan tashrif buyurgan mas'u xodim Tojiyev Nizomiddin talabalar bilan mavzuga doir savol-javob o‘tkazdilar.