Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida maktab o'quvchilari o'rtasida Kimyo fani bo'yicha "Kimyodan kichik olimpiada" nomli tanlovi bo'lib o'tdi.


Joriy yilning 2-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida Toshkent shahridagi maktablarning bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan kimyo fanidan "Kimyodan kichik olimpiada" nomli tanlovi bo'lib o'tdi.



Olimpiadani prorektor k.f.d, professor Po'latov X.L ochib berdi. So'ngra olimpiada shartlarni Umumiy kimyo kafedrasi mudiri dotsent Nabiyev A.A batafsil ma'lumot berdi.

Olimpiyada 2 bosqichda o'tkazildi.

1-bosqich - Nazariy masalalar.

2-bosqich - Amaliy

 

Tanlov natijalariga ko'ra:

1-o'rin Ravshanova Nafisa

2-o'rin Sotiboldiyeva Shohista

3-o'rin Juraqulova Nigina

4-o'rin Eshmurodova E’zoza



Tanlov g'oliblari institut rahbariyati tomonidan qimmatli sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandi.