Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida masofaviy ta’lim bo‘yicha “MEd – professional ta’lim magistri” PECA 5 xalqaro loyihasi doirasida ICON instituti rahbari janob Xermann Sonneveld bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 19-mart kuni masofaviy ta’lim bo‘yicha “MEd – professional ta’lim magistri” PECA 5 xalqaro loyihasi doirasida ICON instituti rahbari janob Xermann Sonneveld, ICON instituti koordinatori Maksat Abdugaparov hamda GIZning O‘zbekistondagi koordinatori Djaxongir Djuraevlar va TKTI rahbariyati tomonidan uchrashuv tashkil etildi.



Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlaridagi masofaviy ta’lim tizimi qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi va Yevropa davlatlaridagi tajriba xususan, Germaniya davlatidagi mavjud masofaviy ta’lim tizimi haqida fikr almashinildi.

 


Shuningdek, ushbu xalqaro loyixani amalga oshirish uchun “Xarakat rejasi” tomonlararo o‘zaro kelishildi.