2023-yil 13-martda “MEd – professional ta’lim magistri” masofaviy ta’lim xalqaro loyihasi bo‘yicha rejalangan vazifalarni ijrosini amalga oshirish, shuningdek, loyiha yuzasidan tug‘ilgan savollarga javob izlash maqsadida GIZning Eksperti Frank Noymann va ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur uchrashuv tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili I.Nematov tomonidan loyiha doirasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ularni tahlil etish, Masofaviy ta’limni tashkil etishga doir huquqiy me’yoriy xujjatlarni o‘rganish kerakligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, mazkur dastur kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarida ta’lim berayotgan bakalavr darajasiga ega pedagoglarni o‘qitishni ko‘zda tutayotganligi ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘ngida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.