Tadbirda Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktori, navoiyshunos olim Olimjon Davlatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botirjon Ergashev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektor maslaxatchisi Olimxon Akramov, birinchi prorektor Bahodir Boborajabov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ravshan G‘oziyev, dekan o'rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berdi. O.Davlatov Navoiy ijodiga mansub g'azallarni mazmunini ishtirokchilarga yetkazdi. B. Ergashev talabalara Navoiy hayoti va ijodiga to'xtalib o'tildi.Tadbir davomida talabalar tomonidan buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy qalamiga mansub g'azal va ruboiylari yod olindi, Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.