Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 7-martda imzolangan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni 5.2 bandida Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda har yili mart oyida amaliy va innovatsion loyihalar bo‘yicha “Olima ayol” tanlovini o‘tkazib borish vazifasi belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan joriy yilda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Olima ayollar” tanlovi 86-turi e’lon qilindi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Olima ayollar” tanlovida ilmiy darajaga ega bo‘lgan xotin-qizlarni faol ishtirok etishlarini tashkil qilish maqsadida joriy yilning 26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘layotgan olimalar uchun loyihalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori X.L.Pulatov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirisjh bo'limi boshlig'i K.T.Norqulova, O’zbekiston Respublikasi Innovation rivojlanish agentligining Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Nazirov, institutimizning Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi xodimlari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim muassalari va insitutimizning yosh olimalari, doktorantlar ishtirok etishdi. Seminarda mazkur tanlov bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Seminar ishtirokchilari bergan savollariga to'liq javob oldilar.