Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi "Guruh yetakchilari forumi" bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 25-26-yanvar kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 205 nafar guruhlardagiyoshlar uchun "Guruh yetakchilari forumi" bo'lib o'tdi.

Forumni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich kirish so'zi bilan ochib berib yurtimizda yoshlar tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar hamda forumdan ko'zlangan asosiy maqsad haqida aytib o'tdilar.

Shundan so'ng O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi Shayxontohur tuman bo'limi mutahassisi Nig’matov Shuxrat Yoshlar daftari, Temir daftar, ijtimoiy reestr haqida ma'lumot berdi.

Joriy yilning 25-26-yanvar kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 205 nafar guruhlardagiyoshlar uchun "Guruh yetakchilari forumi" bo'lib o'tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining O'zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchisi v.b. Tursunboyev Otabek volontyorlik guruhlarini tuzish, liderlik qobiliyatini shakllantirish,talabalar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish kabi mavzularda batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Forum davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yoshlar yetakchisi Shoxrux Boymurodov “Time management” mavzuda guruh yetakchilarimizga ma’lumotlar berdilar.

“O’zkimyosanoat” AJ raisining yoshlar masalalari bo’yicha maslaxatchisi Madina Abdullayeva guruh yetakchilarimiz orasida rahbarlik qobiliyatlarini shakllantirish bo’yicha ma’lumotlar berdilar.

Forumning navbatdagi kunida yetakchilarimizni jamoaviy ishlash qobiliyatlarini oshirish maqsadida “KimyoviyQuiz” hamda “Qopqon” intellektual o’yinlari bo’lib o’tdi.

So’nggi natijalarga ko’ra:

1.o’rin:BTW(Born to Win) jamoasi;

2.o’rin:Menejment jamoasi;

3.o’rin: VTSU jamoasi.