Ushbu kurslarda tinglovchilarga ichimlik va oqova suvlaridan namunalar olish, zamonaviy uskunalardan foydalanish, eritmalar tayyorlash va zamonaviy usullarni o'zlashtirishga qaratilgan nazariy-amaliy darslar o'tildi.
Darslar, Sanoat ekologiyasi kafedrasi hamda kafedralardan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib borildi. Ushbu kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilar institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.