Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "QALQON" jamoatchilik guruhining xizmatga shayligi ko'zdan kechirildi.

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutiga O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi boshlig'i o'rinbosari hamda bir qator mas'ullar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida institutimizning talaba-yigitlardan tashkil topgan "QALQON" jamoatchilik guruhining xizmatga shayligi, xizmat kiyimlarining mavjudligi ko'zdan kechirilib, jamoaga "QALQON"ning maqsad va vazifalari tushuntirib o'tildi.

Ma'lumot uchun "QALQON" jamoatchilik guruhining vazifasi talabalar turar joylari, yotoqxonalar, universitet hududlarida jamoat tartibi, xavfsizlik, jamiyatda yurish-turish va axloq-odob, sanitariya va ekologiya, yong'in va harakat xavfsizligi qoidalariga fuqarolar (talabalar) tomonidan rioya qilinmagan hollarda tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish hisoblanadi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida muddatli harbiy xizmatni o'tab kelgan hamda fidoiy, shaxsiy namuna va liderlik qobiliyatiga ega talaba-yoshlardan iborat "QALQON" jamoasi tashkil etildi.

Ushbu jamoa faoliyat olib borishiga doir ko'nikmalar xosil qilish, ishni to'g'ri tashkil qilish, jamoaviy harakatlanish hamda o'zaro tajrib almashish maqsadida Milliy Gvardiya bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Zangiota tumani hududida joylashgan Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif chog'ida harbiy arkestr kuy sadolari ostida institut "QALQON" jamoasi kutib olindi.

Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari tomonidan jangovor taktik mashg'ulotlar, qurol bilan ko'rgazmali chiqish, safda yurish odobi hamda turli qurollar bilan jangovor sahna ko'rinishlar guruh a'zolariga namoyish etildi.

 Tashrif chog'ida Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati tomonidan ushbu sharafli kasbga qo'yilgan birinchi qadam bilan muborakbod etib, kelajakdagi ishlariga zafarlar tiladi. Yurt tinchligi, farovonligi, jamoatchilik orasida tinchlikni saqlash yo'lida xizmat olib borish sharafli burch ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

Tashrif davomida "QALQON" jamoasi a'zolari universitetning o'quv binolari, auditoriyalari, mashg'ulot maydonchalari, mashg'ulot zallari, ko'rgazmali qurollar hamda xizmat fayoliyati vaqtida foydalaniladigan xizmat texnika va avtomobillari bilan yaqindan tanishdilar.

Soha vakillarining tajribasi bilan yaqindan tanishgan guruh a'zolari o'zlariga kerakli xulosa chiqardilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining qo‘shma qaroriga asosan talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilmoqda.

 Jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalaridan tashkil topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga guvohonamalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.