Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga "Uzbekistan GTL" MCHJ kompaniyasi bosh direktori Baxodirov Alisher Shukuraliyevich tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti faollar zalida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, "Uzbekistan GTL" MCHJ kompaniyasi bosh direktori Baxodirov Alisher Shukuraliyevich, Tashkiliy-kadrlar boshqarmasi boshlig'i Elyor Mo'minov, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernaev Anvar Normamatovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Toʻrayev Tolib Bozorovich, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Yusupova Lola Azimovna, fakultet kafedra mudirlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvini institutimiz rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng "Uzbekistan GTL" MCHJ kompaniyasi bosh direktori Baxodirov Alisher Shukuraliyevich so'zga chiqib "Uzbekistan GTL" MCHJ kompaniyasining tashkil topish tarixi, qaysi sohalarni qamrab olishi, O'zbekiston iqtisodiyotidagi ulushi hamda boshqa qiziqarli ma'lumotlarni yig'ilganlarga gapirib berdi. Shuningdek talabalarni ish bilan ta'minlash, ularning amaliyot o'tashlari bilan bir qatorda ta'lim olishlari, korxona va ta'lim muassasalar integratsiyasi haqida so'z yuritdi.
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi davomida talaba-yoshlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Jumladan talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlash, kadrlar zahirasini kengaytirish, Uzbekistan GTL stipendiyalar tanlov va boshqa masalalarda atroflicha ma'lumot berildi. Uchrashuv so'ngida Bahodirov Alisher Shukuraliyevichga institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich tomonidan korxona va ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik uchun tashakkurnoma va "Bitiruvchi talabalar assotsiyatsiyasi" raisi faxriy unvoni berildi.
P/S: Ma'lumot tariqasida Bahodirov Alisher Shukuraliyevich 1996-2000 yillari davomida Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiya fakulteti bakalavr bosqichida, 2003-2005 yillarda esa magistratura bosqichida tahsil olgan.