Joriy yilning 30-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutitda rektor va iqtidorli magistrlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Magistratura bo'limi boshlig'i Xudoyberdiyev Fazlidin Isroilovich hamda magistr talabalar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot shaklida o'tgan uchrashuvda institutimiz rektori B.Sh.Usmonov talabalarga kredit-modul haqida, magistrlik dissertatsiyani rejalashtirish, chet el tajribasi, institutimizni tamomlagandan so'ng ularni qanday imkoniyatlar kutayotgani haqida, shuningdek til bilishning ahamiyati va magistr talabalar uchun xorijiy stajirovkalar haqida gapirdi.
Uchrashuv davomida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga va murojaatlariga atroflicha javob oldilar.