Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida "1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

 Institut rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, prorektorlar, dekanlar, bo'lim boshliqlari, professor-o'qituvchilar, faxriy ustozlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

 Tadbir boshida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov barcha professor o'qituvchilarni bayram bilan muborakbod etib ustozlar timsolida aynan ma’rifatli, ilmli, jonkuyar, insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida xizmat qilayotgan oliyjanob insonlar tushunilishini ta'kidladilar.

 Shundan so'ng institutimizga tashrif buyurgan O'zbekiston xalq shoiri Bobir Bobomurod so'zga chiqib, institutimiz professor-o'qituvchilarini "1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni" bilan muborakbod etib, o'z qalamiga mansub she'rlar bilan qatnashchilarni manzur etdi.

Tadbirda O'zbek Milliy Akademik Drama Teatridan bir guruh san'at vakillari tashrif buyurib institutimiz professor-o'qituvchilarini, mehnat jamoasini, ko'p yillar ustozlik qilgan mehnat faxriylarini bayram bilan qutladilar.

Jumladan Hamid Toshpo'latov, Vaziraxon Yunusova hamda Madina Muhtorovalar so'zga chiqib, o'z ijod namunalarini qatnashchilarga namoyish etdilar. Shunindek ularning bu darajaga yetishishlarida ham o'z ustozlarining o'rni katta ekanligini ta'kidlab, har birimiz ustozlarni hurmat qilishimiz kerakligini aytib o'tdilar.

Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir guruh mehnat fidoiylari "1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan taqdirlandi.