Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti faollar zalida "Tadbirkor va talaba-yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Unda institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N Boborajabov, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.N. Baltabayev, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i R.T.G'oziyev, Talabalar amaliyoti va marketing bo'limi boshlig'i A.Mirkomilov, fakultet dekan o'rinbosari Sh.Begmatov, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, uchrashuvga "Promet group" ishlab chiqarish korxonasi, "ESSI" sut ishlab chiqarish korxonasidan, "Best ketring" korxonasidan tadbirkorlar tashrif buyurdilar.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng ochiq muloqot shaklida kechgan uchrashuvda tashrif buyurgan tadbirkorlar talabalarga o'zlarining qimmatbaho maslahatlari ulashib, hayotda har bir inson tadbirkor bo'lishi kerakligi haqida ta'kidladilar.
Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida ma'lumot berilar ekan, talabalar ham o'zlarining qiziqtirgan savollarini berib, tashrif buyuruvchilardan yetarlicha javob oldilar.