Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Talabalar ligasi” doirasida Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovining Rektor kubogi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24-noyabr sanasida Yoshlar ijod saroyida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Talabalar ligasi" doirasida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining Rektor kubogi bo'lib o'tdi.

Unda:

Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetining Antivirus jamoasi;

Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining Bolalar jamoasi;

Menejment va professional ta'lim fakultetining Jafa jamoasi;

Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetining Atom jamoasi;

Vinochilik va sanoat uzumchiligi fakultetining Qibraylik bojalar jamoasi ishtirok etdi.

Ko'rik tanlovni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich hamda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati mas'ul xodimi Farrux

Toshmurodov kirish so'zi bilan ochib berib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Shundan so'ng barcha jamolar 3ta shart: salomlashuv, savol-javob hamda musiqiy chiqish shartlari bo'yicha o'z sahna ko'rinishlarini havola etishdi.

 

Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tgan Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Talabalar ligasi" doirasida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovidan lavhalar.

QVZning to'liq shakli tez kunlarda YouTube platformamizga joylashtiramiz. 

Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Talabalar ligasi" doirasida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovining Rektor kubogi yakuniy natijalariga ko'ra:

1- o'rin — Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetining Atom jamoasi;

2- o'rin — Vinochilik va sanoat uzumchiligi fakultetining Qibraylik bojalar jamoasi

3- o'rin — Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultetining Bolalar jamoasi;

4 - o'rin — Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultetining Antivirus hamda Menejment va professional ta'lim fakultetining Jafa jamoasi qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun:

1- o'rin uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 5 000 000 so'm pul mukofoti;

2- o'rin uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan bazaviy stipendiyaning 8 baravari(4 143 040 so'm);

3- o'rin uchun Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan bazaviy stipendiyaning 6 baravari(3 107 280 so'm);

4 - o'rin uchun har ikkala jamoaga Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan bazaviy stipendiyaning 3 baravaridan(1 553 640 so'mdan) pul mukofotlari berildi.

Shuningdek eng quvnoq yigit hamda eng quvnoq qiz nominatsiyasi bo'yicha 2 nafar yigit-qizga tashakkurnoma hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati tomonidan bazaviy stipendiyaning 1 baravari(517 880 so'mdan) pul mukofotlari taqdim etildi.