Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Unda Shayxontohur tumani Nuroniy jamgʻarmasi raisi R.T.Abidov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi Akramov Olimxon Axrorovich, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.Yusupova, YBIB dekan oʻrinbosari j.Siddiqov, mehnat faxriylari, professor-o'qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni kirish soʻzi bilan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov ochib berdi. Shundan soʻng Shayxontohur tumani Nuroniy jamgʻarmasi raisi R.T.Abidov uch avlod uchrashuvlarining ahamiyati hamda hozirda nafaqaga chiqqan faxriylarning tajribasi, oʻgit va maslahatlari yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini taʼkidladilar.

Shuningdek uchrashuv davomida uzoq yillar turli sohalarda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari so'zga chiqib, bosib o'tgan yo'llarining mashaqqati haqida yig'ilganlarga so'zlab berdilar.

Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich hamda Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi Akramov Olimxon Axrorovich "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" O'zbekiston "VETERAN" jangchi faxriy birlashmasi raisining ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Shuningdek bir guruh professor-o'qituvchilar "Keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda tinchlik osoyishtalikni ta'minlash, oilalarda ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'lidagi faolligi uchun" TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.