Uchrashuvda institut rektori B.Sh.Usmonov, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.B.Qodirov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor A.N.Shernaev va Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i S.S.Saidaxmadovlar qatnashishdi.
Obuda universitetidan Iqtisodiy ishlar bo'yicha bosh direktor Fehér Botond, “Kelajak sanoati" texnologiya va innovatsion parkining loyiha menejeri Nemet Antal ishtirok etdi.
Uchrashuvda ilg'or texnologiyalarni o'rganish, kimyo sanoatini rivojlantirish va innovatsion g’oyalarni qo’llab quvvatlash kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Shuningdek, Vengriya-O'zbekiston "Inno" texnopark loyihasini moliyalashtirishda me'yoriy-huquqiy bazaga va potensial foydalanishga e'tibor qaratgan holda universitetlar uchun noyob kriptovalyutalarni yaratish uchun blockchain texnologiyasini o'rganish va amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi.