Uchrashuvda Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyasining MDH bo‘yicha direktori Andrey Sergeyevich Samsonov, FELDER GROUP kompaniyasi sharqiy Yevropa va Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Karen Amrayner, O‘zbekiston bo‘yicha vakili Muradjon Sadikovlar va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i A.N.Shernayev, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Z.Babaxanova, Tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i N.Mardonov, Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor X.Po‘latovlar qatnashdilar. Uchrashuvda xorijiy hamkor investorlar investisiya loyihalari asosida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida ilg‘or texnologiyalar asosidagi zamonaviy mebellar ishlab chiqarish jihozlari TEXNOPARKini tashkil etish hamda zamonaviy o‘quv – ilmiy ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti bazasida Avstriyaning FELDER GROUP kompaniyasi yordamida mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar xodimlari malakasini oshirish markazini tashkil qilish – unda 3D loyihalash va modellashtirish, ishlab chiqarish simulasion trenajer qurilmalari bilan jihozlash, kadrlarni tayyorlashda kompaniyaning Yevropa standartlari asosidagi o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalarni nashr ettirishga kelishildi.
O‘zbekistondagi zamonaviy mebel ishlab chiqarish korxonalaridan “E’TIQOD MEBEL”, “KENG MAKON” mebel korxonalari bilan 60720700-Texnologik mashina va jihozlar(yog‘ochsozlik sanoati) ta’lim yo‘nalishi talabalarini tayyorlashda dual ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadida Avstriyaning Vena texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilarini qisqa muddatli stajirovkalarini tashkil etish hamda 2023 yilning may oyining 2 haftasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti mutaxassislaridan iborat delegasiyaning FELDER GROUP kompaniyasiga xizmat safarini tashkil etishga kelishildi.