Toshkent kimyo-texnologiya institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo`limi tomonidan “Yangi O`zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professori, polkovnik Sh.R.Qobilov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, professor-o`qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan online kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan professor-o`qituvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.