Joriy yilning 28-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yil talabasi 2023" tanlovi bo'lib o'tdi. Unda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich raisligida, O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani Baltabayev Ulug‘bek Norbayevich, Yoqilg'i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Yusupova Lola Azimovna, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Adxamov Aziz Rustam o'g'li, fakultet dekan o'rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Dastavval institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so'zga chiqib barcha talabalarga omad tiladi.. Shundan so'ng Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etildi hamda ushbu yo'nalishlar bo'yicha nomzodlarning chiqishlari tinglandi:
1) “Yilning eng faol bilimdon talabasi”,
2)“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”,
3)“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”,
4)“Yilning eng faol sportchi talabasi”,
5)“Yilning eng faol bloger talabasi”,
6)“Yilning eng faol ijodkor talabasi”,
7)“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”.
"Yil talabasi 2023" tanlovi so'ngida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so'zga chiqib tanlovda ishtirok etgan izlanuvchan faol talabalarga minnatdorchilik bildirish bilan bir qatorda, ayrim talabalarga yana o'z ustida ishlashi kerakligini ta'kidlab, yol yo'riq ko'rsatdilar.
Shundan so'ng Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib "Yil talabasi 2023" tanlovi natijalarini e'lon qildi.
Tez fursatlarda institutimiz rektori tomonidan buyruq imzolangandan so'ng natijalarini rasmiy sahifalarimizda e'lon qilamiz.