“Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi Oʻzbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati dunyo hamjamiyatida eʼtirof etilayotgani ham barchamizni birday quvontiradi.
Aholi murojaatlari, ularni hal etish doimiy eʼtiborda. Jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning murojaatlari institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich hamda institut ishchi guruhi tomonidan tinglandi.
Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.
Shuningdek, Mahallalar aholisi bilan uchrashuv chogʻida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga ham toʻxtalib oʻtildi. Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyada inson, jamiyat, davlat tamoyili asosida yangilanayotgani takidlab o'tildi
Institutimiz rektori murojaat va ko'mak so'rab kelgan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat o'tkazib, barcha murojaatlar va kamchiliklar o'rganilib mas'ullar bilan tez fursatlarda ijobiy yechilishiga kelishib olindi.
Tashrif buyurgan mahalla fuqarolariga institutimiz rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari taqdim etildi.