Joriy yilning 31-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati va Janubiy Koreyaning Andong Milliy Universiteti vajilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri Arslonnazar Xusenov, Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori Gappar Raxmonberdiyev, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Saidumarxon Saidaxmadov hamdaKoreya tomonidan Andong Milliy Universiteti dotsenti Te Jin Xo, LINC xalqaro loyihasi direktori professor Lim Je Xvan va boshqa delegatsiya a'zolari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bunga ko'ra qo'shma ta'lim dasturlari asosida 2+2, 3+1 dasturlarini yo'lga qo'yish, Koreya universitetlari va Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligidagi aniq fanlarga asoslangan Markaz tashkil qilish masalalari va hamkorlikning boshqa yo'nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andong Milliy Universiteti tegishli kafedralari hamkorligida Biotexnologiya va Biosellyuloza yo'nalishlarida ilmiy xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish masalasi rejalashtirildi.