Joriy yilning 25-mart sanasida Ozarbayjon Respublikasining 15 nafar ta'lim tashkiloloti direktorlari va biznez vakil rahbarlari Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tashrifi O'zbekiston-O'zarbayjon-Turkiya ishbilarmonlar assotsiyatsiyasi taklifi boyicha tashkil etildi.
Tashrif doirasida institutning Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.A.Babaxanova Toshkent kimyo-texnologiya institutining o'quv, ilmiy va xalqaro hamkorlik faoliyati va loyihalari, institutning korxonalar va ta'lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori A.N.Shernayev, institutning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik ishlari haqida yaqindan tanishtirdilar hamda kelgusida rejalashtirilayotgan Xalqaro kongress va konferensiyalarga xorijiy hamkorlarni taklif qildilar.
Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish" tarmoq markazi direktori H.Mirzaqulov tomonidan institutda tashkil etilgan malaka oshirish kurslari haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish" tarmoq markazida "Ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar" mavzusida malaka oshirish darslari o'tildi va tegishli sertifikatlar taqdim etildi.
Tashrif natijasida Nahishevan davlat universiteti bilan kimyo, tarix va adabiyot, Hedel o'rta maktabi (litseyi) va Idrok xalqaro litseyi bilan STEM sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishildi.
Tashrif davomida xorijiy hamkorlarga O'zbekiston tarixiy obidalari bilan tanishtirish maqsadida 24-mart kuni Samarqand shahriga ekskursiya tashkil etildi.