Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Rossiya Federatsiyasining Tomsk Politexnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.



Joriy yilning 22-23-yanvar kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Rossiya Federatsiyasining Tomsk Politexnika universiteti delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.



Unda institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxonova Zebo Abdullayevna, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Tomsk Politexnika universiteti kimyo fanlari doktori M.E.Trusova, Kimyoviy va biotibbiyot texnologiyalari tadqiqot maktabi professori P.S.Postnikov, Neft va gaz ishi bo‘limi dotsenti K. K. Manabayev va Ye.Yu.Valitova ishtirok etdishdi.


Uchrashuv davomida institut professor-o'qituvchilari uchun ilmiy seminarlar tashkil etildi.