Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Vengriyaning Debretsen Universitetidan Prof.Dr. Karoli Peto – umumiy ishlar bo‘yicha prorektor, Dr. Okszana Kiszil – muvofiqlashtirish va strategik masalalar bo‘yicha direktor, Dr. Laszlo Stundl – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat fanlari va Atrof-muhit boshqaruvi fakulteti dekani, Dr. Laszlo Yerdey - Iqtisodiyot va biznes fakulteti xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan muovini, Prof. Dr. Peter Sipos -Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat fanlari va Atrof-muhit boshqaruvi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini hamda Prof. Dr. Ildiko Backsay – Farmasevtika fakulteti dekani tashrif buyurdi.
Institut bosh binosida delegatsiya a'zolari hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxonova Zebo Abdullayevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Saidaxmadov Saidumarxon Saidabror o'g'li ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi
Uchrashuvda talaba almashinuvini yo'lga qo'yish, qo'shma ta'lim hamda akademik dasturlarni hamkorlikda ishlab chiqish, sohadagi professor-o'qituvchilarni tajriba almashish va malakasini oshirish uchun Debretsen Universitetiga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Ayni paytda institut majlislar zalida delegatsiya a'zolari hamda kafedra mudirlari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi davom etmoqda.
Kunning birinchi qismida rektor boshchiligida delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, Shundan so'ng Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti hamda Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti dekanlari boshchiligidagi fakultet kafedra mudirlari hamda delegatsiya a'zolarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda institut professor-o'qituvchi va doktorantlarini ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, 2 haftalik yozgi amaliyot dasturlarini tashkil etish, institut bitiruvchilarini Debretsen universitetiga grant asosida magistraturaga o'qishga tavsiya etish, hamkorlikda ilmiy ishlarni bajarish, ilmiy loyihalar tayyorlash hamda bir qator masalalar muhokama etildi. Uchrashuv qatnashchilari o'zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Vengriyadan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi binosi, texnoparki hamda kafedralari bilan tanishdilar.
Dastavval delegatsiya a'zolari Toshkent kimyo-texnologiya institutida joylashgan texnopark bilan tanishdilar, shundan so'ng Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi o'quv laboratoriyalari hamda professor-o'qituvchilar, doktorantlar va talabalarning o'quv-ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida delegatsiya a'zolari Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasida bo'lib, go'sht va sut mahsulotlarining yangicha texnologiyalar va yondoshuvlar asosida tayyorlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Delegatsiya a'zolari tashrif so'ngida Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasida don va don mahsulotlari yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.