2024-yilning 22-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Jinan Provinsiyasi fan va texnolgiyalar boshqamasi boshlig'i Chen Xiwu boshchiligida Shandun fanlar akademiyasi olimlari, provinsiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvda Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, institut prorektorlari, bo'lim boshliqlari va boshqa mas'ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida o'tgan davr mobaynida Shandun fanlar akademiyasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti o'rtasida bajarilgan loyihalar, hamkrlikda olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek hamkorlik doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituida "Aqlli qishloq xo'jaligi alyansi" hamda INNO texnopark doirasida qo'shma laboratoriylar tashkil qilishga kelishildi.