Joriy yilning 8-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fedorovna bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernaev Anvar Normamatovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich va institutning bir qator xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti kafedralari hamkorligida Menejment va kasbiy ta'lim yo'nalishlarida ilmiy xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari va hamkorlikning boshqa yo'nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, magistratura va doktorantlarni birgalikda tayyorlash hamda qishki va yozgi oromgohlarni birgalikda tashkil etish masalalari kelishib olinib, bajarish masalasi rejalashtirildi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fedorovna hamda Menejment va professional ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari o'rtasida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Sanoat iqtisodiyoti va menejment kafedrasi professori Fotima Kasimova tomonidan fakultet hamda kafedra haqida batafsil ma'lumot berildi. Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida gapirib berdi qo'shma ta'lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Grodno davlat universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti o'rtasida tuzilgan xalqaro qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar bilan Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fedorovna o'zaro suhbatlashdilar.