Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida 21-mart Navro'z ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 18-19—mart kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutining talabalar turar joyida Navro'z bayrami munosabati bilan “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz” shiori ostida “Bahor keldi seni soʻroqlab…” nomli festival bo'lib o'tdi.

Festival doirasida talabalarimiz uchun Milliy kurash, Street workout, stol tennisi, tosh ko'tarish, shaxmat va shashka, armwrestling, voleybol, quvnoq estafeta, futbol, kibersport, arqon tortish, suzish bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Shuningdek ularning aqlini charxlash, o'z iqtidorlari va bilimlarini namoyon etishlari uchun, zakovat intellektual o'yinlari, bahr-u bayt! Mushoira, mening tasavvurimdagi ixtro, mening loyiha maketim, eng yaxshi insho, eng yaxshi bahoriy salat, eng yaxshi videorolik, eng yaxshi bahoriy dasturxon kabi bellashuvlarda ham o'tkazildi.

Tadbirni institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilar kirib kelayotgan yasharish va yangilanish bayrami 21-mart Navro‘zi-olam bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz” shiori ostida “Bahor keldi seni soʻroqlab…” nomli festival doirasida 18-19-mart kunlari o'tkazilgan sport musobaqalari hamda tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib avvalo barchani kirib kelayotgan 21-mart Navro'z bayrami bilan muborakbod etdi.

Shundan so'ng B.N.Boborajabov Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markaziga Ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish loyihalariga ko'rsatgan amaliy ko'magi uchun markazi rahbarining hamda Ezgulik-shiorimiz, ma'rifat-qurolimiz" shiroi ostida o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy targ'ibot tadbirida ko'rsatgan amaliy yordamlari hamda vasiylikka olingan shaxslarni qalbida ezgu-g'oyalar, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni kamol toptirishda nuroniy keksalarga bo'lgan cheksiz xizmati uchun Toshkent viloyati Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazi direktorining tashakkurnomasini Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevichga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir institut rahbariyati hamda TTJ talabalari tashabbusi bilan talabalarga hamda xodimlarga bayramona osh dasturxoni suzildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan badiiy-musiqiy chiqishlar, qo'shiqlar hamda raqslar ijro etildi.