Joriy yilning 13-fevral kuni soat 14:00 da Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Raqamli texnologiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Fanlar akademiyasi hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan Toshkent shahridagi Inha universitetida “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovasiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro forum va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir guruh olima xotin-qizlari ham, ko‘rgazmada o’zlarining ilmiy tadqiqot ishlari, innovasion loyiha va ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.