Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Neft va gaz texnologiyasi fakultetida psixologik suhbat bo'lib o'tdi.

Ushbu suhbatda psixolog-pedagoglar Nazarova Mo'tabar va Mirzayeva Sayyora, fakultet dekan o'rinbosari Jamshid Siddiqov, fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Vasila Umarova hamda fakultet tyutorlari va talaba yoshlar ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida talabalar bilan psixologik mashqlarga yondoshgan holda suhbat o'tkazildi. Talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.