Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetida talaba-qizlar oʻrtasida “Rektor kubogi” doirasida Voleybol musobaqasi tashkil etildi

Tadbirni Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Sh.B.Buxorov ochib berdi va oʻtkazilayotgan musobaqalar yosh avlodni maʼnan yetuk, ruhan pok, sogʻlom boʻlib yetishishlariga zamin yaratishi haqida aytib oʻtdilar. Barcha jamoalarga omad va zafarlar tiladi.



Musobaqada 4 ta fakultet jamoalari ishtirok etishdi. Musobaqa juda murosasiz davom etdi. Barcha jamoalar musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrganligi koʻzga tashlandi.



Musobaqada jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari Yahyo Ergashev va Ayna Omarovalar hakamlik qilishdi.

Sportning voleybol turi bo'yicha talaba-qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Rektor kubogi" musobaqasida:

🥇oʻrin – NMKTF jamoasi

🥈oʻrin – MKTF jamoasi

🥉oʻrin – YOBKTF jamoasi egallashdi.