Joriy yilning 21 avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida qo'shma ta'lim dasturlari asosida 2+2 ta'lim shakli bo'yicha bakalavriat bosqichida 2 kursni hamda 1+1 ta'lim shakli bo'yicha magistraturaning 1 kursini tamomlagan talabalar qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha o'qishni davom ettirish uchun Belorussiyaning Minsk va Mogilev shaharlariga jo'nab ketishdi. Institutning talabalariga Korxonalar va ta'lim muassasalari bo'yicha prorektor Anvar Normamativich Shernayev, Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshligi o'rinbosari Laylo Sayfiyevna Razakova hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali umumtexnik fanlar kafedrasi mudiri Muhammadjon Samadkulovlar hamrohlikda jo'nab ketishdi. Ushbu yo'nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Yanka Kupala nomidagi Grodo Davlat universiteti, Polosk Davlat universiteti, Belorussiya Davlat Texnologiya universiteti hamda Belorussiya davlat universitetining Xalqaro Ekologiya universiteti bilan 2023 yilning 22-28 avgust kunlari uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Uchrashuvlarda O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 iyuldagi 309 sonli "Nef va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy, taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligida 2023-yil 18-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilish 6-son Bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-martdagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida raqamlashtirish jarayonlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-son bo‘yrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy, taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 10-apreldagi 85-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida kelishuvlar olib boriladi va shartnoma loyihalari tayyorlanadi.