Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti "Umumiy kimyo" kafedrasi professor- o'qituvchilari Mansur Ahmedov, Malohat Atamuratova, Nargis Shamadinovalar talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida "Kafedra kunlari" doirasida "O'zbekistonda kimyo fanining rivojlanish istiqbollari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bundan tashqari talabalarning institut odob-axloq kodeksi, TTJ ichki-tartib qoidalariga amal qilishi eslatib o'tildi. Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ilmiy ishlarga yo'naltirish maqsadida kafedrada tashkil etilgan "Noorganik kimyo" va "Organik kimyo" to'garaklar bo'yicha ma'lumotlar berildi. Tashrif yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.