2024-yilning 31-may sanasida Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi marketologi-muhandisi Ruslan Imanzade va «Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional maxsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi» dotsenti Olimjon Azizovlar «ERMAK» MChJ oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda «ERMAK» MChJ korxonasidagi o’qish istagini bildirgan xodimlarni ishdan ajralmagan holda «Bellarus Mogilyov» qo’shma ta’lim dasturlarida «Don mahsulotlarining texnologiyasi», «Qishloq xo’jaligini maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi» va «Non va qandolatchilik texnologiyasi» yo’nalishida, hamda TKTI da maxsus korxona uchun qo’shma ta’lim doirasida «Avtomatlashtirish», «Texnologik mashina va jixozlar» va «Sifat menejmenti» bo’yicha sirtqi ta’lim shaklida o’qishni va gibrid holda «Oziq-ovqat xavfsizligi yo’nalisda organoleptik baholashga degustatorlarga qo’yilgan talablar» va «Loyihalash» mavzularda malakasini oshirish mumkinligi;
- Korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni laboratoriyada analizlarni bajarishda yordam bera olishi;
- Korxonadagi tabbiy ichlab chiqarilayotgan maxsulotlarni Ozorbayjon bozorlarida reklama qilish imkoniyati mavjudligi;
- Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi yo’nalishidagi muommolarni xo’jalik shatnoma asosida OOX va FMIChT kafedrasi mutaxassislari bilan xal qilish imkoniyatlari borligi;
- Instititut bilan uyg’unlashgan holda kerak bo’lsa korxona uchun maxsus auditoriya ochib berish mumkinligi uni korxona tomonidan maxsulotlar va innovasion texnologiyalar bilan jixozlasha olishligi
- Funksional maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun etarli mutaxassislar borligi kabi takliflar berildi.
Shuningdek «ERMAK» MChJ korxonasi institut tomonidan taklif etilgan barcha takliflarga ijobiy yondashib, ikki tomonlama manfaatli ihlashni hamda, istiqbolli talabarni qo’llab quvvatlagan holda ishga taklif etildi.