Institut jamoasi Urganch va Xiva shahrida bo‘lib, ochiq osmon ostidagi majmua, u yerdagi ertaknamo shahar hamda boy tariximiz bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida Xiva shahrida joylashgan Ichan qal’aga tashrif buyurildi va 20 dan ziyod tarixiy joylarga ziyorat uyushtirildi. Shuningdek jamoa qal’adagi tarixiy joylar, muzeylar, xonadonlar haqida ma’ruzalar tinglashdi hamda Xorazm xonligiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.